O‘zbekiston va YeOII

YeIK va JSST sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik rejasini tayyorlamoqda

YeIK Hay’ati raisi JSSTning Yevropa mintaqaviy burosi direktori bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik rejasini tayyorlamoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati ma’lum qildi.
YeIK Hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev JSSTning Yevropa mintaqaviy burosi direktori Xans Klyuge bilan uchrashdi.
"Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining umumiy qadriyatlar va maqsadlarga asoslangan hamkorligi YeOII makonida sog‘liqni saqlashning zamonaviy va barqaror arxitekturasini shakllantirishning muhim elementidir", — dedi Sagintayev.
Ayni paytda YeIK va JSSTning Yevropa mintaqaviy burosi 2026-2028 yillarga mo‘ljallangan memorandumni amalga oshirish rejasini tayyorlamoqda.
"Hamkorlikning yangi bosqichi YeOII doirasida sog‘liqni saqlash sohasida qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘ladi", — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, YeIK va JSSTning Yevropa mintaqaviy burosi 2021-yilda o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan. YeOII davlatlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti doirasidagi faoliyatini tashkilotning Yevropa mintaqaviy burosi muvofiqlashtiradigan mintaqaga kiradi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda sanitariya xizmatlari salohiyati kuchaytiriladi