TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Rossiyaning "G‘arb" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari taktik vaziyatni yaxshiladi, deya xabar berdi Rossiya mudofaa vazirligi.
"Xarkov viloyatining Kolodeznoe, Kupansk, Glushchenkovo va Donesk Xalq Respublikasining Kirovsk aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita mexanizatsiyalashgan, desant-hujum brigadalari va teromudofaa brigadalari tuzilmalariga zarba berildi", — deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari bir sutkada 210 nafargacha askar, uchta zirhli jangovar mashina va 13 ta pikap yo‘qotgan, uchta o‘q-dori ombori yo‘q qilingan.
Shuningdek, "Janubiy" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari ancha qulay marra va pozitsiyalarni egallashdi. "Markaz" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari esa, oldingi chiziqda vaziyatni yaxshilashdi. "Shimol" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasining ichkarisigacha kirib bordi.