TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 17-iyun soat 12:00 da Ostonada bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo - Xitoy" II sammiti yakunlari bo‘yicha Ostona - Moskva - Bishkek - Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Sammit yakunida Ostona deklaratsiyasi va Abadiy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.
Quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
Mamlakatlarning ushbu formatdagi o‘zaro hamkorligi istiqbollari qanday?
Imzolangan bitimlar mintaqa rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Sammit mintaqa xavfsizligiga qanday ta’sir qiladi?
Ishtirokchilar:
Toshkentdan ishtirokchi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Siyosatshunoslik kafedrasi dotsenti Ra’no Tursunova.
Ostonadan ishtirokchilar: "Yevroosiyo tinchligi" jamoat fondi rahbari Eduard Poletayev, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti direktori Akimjan Arupov.
Moskvadan ishtirokchi: Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar bo‘limining yetakchi ilmiy xodimi va Rossiya va qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar sektori mudiri Artom Pilin.
Bishkekdan ishtirokchi: xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassis Esen Usubaliyev.
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi. +998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com ushbu manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.