TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 17-iyun soat 14:00 da futbol bo‘yicha Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Matbuot anjumani mavzusi: "Tarixiy muvaffaqiyat: O‘zbekiston ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatida".
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Bu ulkan muvaffaqiyat futbolchilar, murabbiylar shtabi va butun mamlakat bo‘ylab muxlislarning katta qo‘llab-quvvatlashi natijasidir. Endi O‘zbekiston o‘z sport tarixida yangi yorqin sahifa ochib, dunyoning eng yaxshi jamoalari qatoridan joy olish uchun kurashishga tayyor.
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi. +998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com ushbu manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.