TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston 4 oy ichida Rossiyaga 2 840 tonna olma eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Aytilishicha, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijga qiymati 3 mln dollarga teng bo‘lgan 4 727 tonna olma eksport qilgan.
O‘zbekiston 2025-yilning 4 oyida eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 2 840 tonna;
Qozog‘iston – 1 564 tonna;
Turkmaniston – 167 tonna;
Qirg‘iziston – 102 tonna;
Boshqa davlatlar – 54 tonna.