O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatildi

Uzbekistan Airways Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnovlar 30-iyungacha to‘xtatildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolardan zaruriyatsiz ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi
“Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli, Uzbekistan Airways 2025-yil 16-iyundan 30-iyungacha Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari aviabiletlar bo‘yicha majburiy qaytarib olish yoki keyingi sanalarga bepul qayta bron qilish uchun murojaat qilishlari mumkin.
O‘zbekiston TIV Isroil va Eronni harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi