TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik Safina Sadullayeva Polshadagi xalqaro turnirda g‘alaba qozondi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Polshaning Belostok shahrida yengil atletika bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi.
Butunjahon yengil atletika federatsiyasining taqvimidan o‘rin olgan bronza darajadagi mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Safina Sadullayeva ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Balandlikka sakrash dasturida qatnashgan Sadullayeva 1.90 metr natija bilan mavsumdagi eng yuqori natijasini ko‘rsatdi.
Balandlikka sakrash, ayollar:
Oltin: Safina Sadullayeva (O‘zbekiston) - 1.90 metr
Kumush: Katerina Tabashnik (Ukraina) - 1.87
Bronza: Viktoriya Miaso (Polsha) - 1.84