TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) bojxona hamkorligi bo‘yicha vaziri Ruslan Davidov Armaniston bosh vaziri o‘rinbosari Mger Grigoran bilan uchrashdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) bojxona faoliyatini tartibga solishning dolzarb masalalari, jumladan, YeOII yagona bojxona tranziti tizimini joriy etish, bojxona chegaralarini kesib o‘tishni soddalashtirish, shuningdek, uni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar butun Ittifoq hududida bojxona ma’muriyatining birligini ta’minlash bo‘yicha konstruktiv hamkorlik muhimligini qayd etdilar.
Ishchi tashrif doirasida Ruslan Davidov Respublika Davlat daromadlari qo‘mitasi raisi Eduard Akopan bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda bojxona sohasida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, bojxona ma’lumotlari almashinuvi, bojxona qiymatini nazorat qilish, yagona bojxona tranziti tizimi to‘g‘risidagi Bitim ijrosi hamda yuklarni kuzatib borishda navigatsiya plombalaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.