Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Yablonovka va Komar aholi punktlarini ozod qildi

Aholi punktlari "Shimol" va "Vostok" guruhi bo‘linmalari tomonidan ozod qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyatidagi Yablonovka aholi punktini ozod qildi, deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
"Bir hafta ichida "Shimol" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari tomonidan hujum harakatlari davomida Sumi viloyatining Yablonovka aholi punkti ozod qilindi", — deyiladi harbiy idora xabarida.
"Vostok" guruhi bo‘linmalari DXRdagi Komar aholi punktini ozod qildi.
"O‘tgan hafta davomida "Vostok" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari tomonidan faol harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasining Komar aholi punkti ozod qilindi", — deyiladi xabarida.