TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da sanitariya xizmatlari salohiyati oshiriladi, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
YeIK texnik jihatdan tartibga solish vaziri Valentin Tatariskiy YeOIIga a’zo davlatlar aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Unda Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining o‘tgan sessiyasi yakunlari Ittifoq mamlakatlari uchun dolzarbligi, YeOIIga a’zo davlatlardagi joriy epidemiologik vaziyat va Kengashning keyingi faoliyati istiqbollari nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.
"Birgalikdagi ishlar Ittifoq davlatlari sanitariya xizmatlari salohiyatini kuchaytirish va zarur masalalarni samarali hal qilish imkonini beradi, bu esa mamlakatlarimiz aholisining salomatligini saqlash va sanitariya-epidemiologik farovonligini ta’minlashga yordam beradi", — dedi Tatariskiy.
A’zo davlatlar vakillari Komissiyaning Sanitariya, fitosanitariya va veterinariya choralari departamenti direktori Vladimir Sinkevichning milliy vakolatli organlar bilan birgalikda "sanitariya choralari" yo‘nalishi bo‘yicha ish rejasini tayyorlash to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatlashdi. Uch yillik reja ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi.
Sanitariya choralarini qo‘llash masalalari Valentin Tatariskiyning Rahbarlar kengashi raisi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati rahbari Anna Popova bilan uchrashuvi chog‘ida muhokama qilindi.