Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Kelishuvlarga muvofiq askarlarning jasadlarini topshirish boshlandi — Medinskiy

Medinskiy: og‘ir yarador asirlarni almashish ertaga boshlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Rossiya Ukrainaga Ukraina Qurolli kuchlari askarlarining 1212 ta jasadini topshirdi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning yozishicha, Istanbul kelishuvlariga muvofiq, halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini topshirish boshlandi. Unga ko‘ra, Kiyevga Ukraina Qurolli kuchlari askarlarining 1212 ta jasadi topshirildi, Rossiyaga 27 nafar halok bo‘lgan askar qaytarildi.
Nachalas peredacha tel pogibshix soldat v sootvetstvii so "stambulskimi dogovorennostami".
Og‘ir yarador asirlarni almashish ertaga boshlanadi.
"Ertaga front chizig‘idan og‘ir yaralangan asirlar bilan shoshilinch "sanitariya almashinuvi"ni ham boshlaymiz. Rossiya o‘zinikini tashlab qo‘ymaydi!", — deb yozdi Medinskiy.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina o‘z askarlarining jasadlarini olib ketishdan bosh tortdi — Zaxarova