Pahlavon Mahmud — buyuk shoir, faylasuf va pahlavon

Xorazm zaminida tug‘ilib, butun Sharq ahli qalbidan joy olgan buyuk siymo — Pahlavon Mahmudning hayoti va merosi haqida
Sputnik
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik, Bahrom Hatamov. Pahlavon Mahmud 1247-yilda Xiva shahrida hunarmand-po‘stindo‘z oilasida dunyoga kelgan. Yoshlik yillarida ota kasbiga qo‘l urgan, ammo vaqt o‘tib xat-savod chiqarib, ilm yo‘liga kirgan. U o‘z zamonasining yetuk faylasufi va zabardast shoiriga aylanib, jismoniy va ma’naviy kuchi bilan nom qozongan.
1 / 16

Uning hayoti davomida biron marta ham kuragi yerga tegmagani haqida rivoyatlar bor. Pahlavon Mahmud nafaqat kurashda, balki donoligi, xalqparvarligi va adolatparvarligi bilan ham tanilgan.

2 / 16

Bir rivoyatda aytilishicha, u bir podshoh huzurida yutish sharti bilan istalgan narsani so‘rash huquqini qo‘lga kiritgan va faqatgina ho‘kiz terisiga siqqan vatandoshlarini ozod qilishni so‘ragan. Bu og‘ir zamonlarda xalq dardini unutmagan inson timsolidir.

3 / 16

Pahlavon Mahmud maqbarasi

4 / 16

Uning buyukligini turk shoiri Ziyo Ko‘k Alp yozgan “Polvon Valiy” rivoyati ham tasdiqlaydi. Unda Xorazm pahlavonini, uning mehr-shafqatini, iymon va irodasini alohida ulug‘lashgan. Bu she’riy dostonda nafaqat kurash, balki insonparvarlik va islomiy irshod masalalari ham yoritilgan.

5 / 16

Pahlavon Mahmud maqbarasi

6 / 16

Pahlavon Mahmud maqbarasi

7 / 16

Pahlavon Mahmud maqbarasi

8 / 16

Pahlavon Mahmud ruboiylari mazmunan boy, usluban zo‘r va falsafiy teranlikka ega. Ularning ruhi Xayyom she’riyatiga yaqin. Zeroki, Pahlavon Mahmud o‘z she’rlarida dunyoviy falsafa, inson hayoti va ma’naviy qadriyatlar haqida fikr yuritadi:

Dunyo bamisoli bir zarrin ko‘za,

Suvi goh shirinu,

goh achchiq bo‘za...

Bunday satrlar uning hayotga, insonga, zamonga nisbatan chuqur falsafiy qarashini namoyon etadi.

9 / 16

Pahlavon Mahmud maqbarasi

10 / 16

Pahlavon Mahmud javonmardlik yo‘lini tutgan. Bu ta’limotda shaxsiy tarbiya, iymon va halollik ustuvor hisoblanadi. Kurash san’ati unga ko‘ra ilm va amalni uyg‘unlashtirgan hunardir. Ustoz va shogird odoblari haqida ham aniq ta’riflar berilgan: poklik, samimiyat, mehr va sadoqat asosiy qadriyatlardir.

11 / 16

Pahlavon Mahmud maqbarasi

12 / 16

Pahlavon Mahmud maqbarasi

13 / 16

Pahlavon Mahmud o‘z vasiyatiga ko‘ra, po‘stindo‘zlik ustaxonasiga dafn etilgan. Vaqt o‘tishi bilan uning maqbarasi Xiva hukmdorlari tomonidan obod qilingan.

14 / 16

Amir Temur, Shoniyozxon va Ollaqulixonlar davrida maqbara ta’mirlanib, ziyoratgohga aylangan. XIX asrga kelib, u Xiva xonlari va yaqinlarining dafn joyiga aylandi.

15 / 16

Maqbaraning me’morchiligi, sirli koshinlar bilan bezalishi, uning nafaqat ma’naviy, balki madaniy ahamiyatini ham yanada oshirgan.

16 / 16

Pahlavon Mahmud — nafaqat zo‘r kurashchi, balki zukko faylasuf, mohir shoir, oliyjanob inson sifatida yodda qolgan. Uning she’rlari, falsafasi, juvonmardlik falsafasi va ahloqiy merosi bugungi avlod uchun ham ibrat manbai bo‘lib qolmoqda. Shoirning ezgu nomini abadiylashtirish — xalq xotirasining yuksak namunasi.