O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Slovakiya hamkorlik to‘g‘risida qator hujjatlar imzoladi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso tegishli hujjatni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida imzoladi.
Yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar, xususan:
diplomatik kadrlar tayyorlash to‘g‘risida;
qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
standartlashtirish, metrologiya va tovarlarning muvofiqligini baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
energetika bozorlarini tartibga solish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar;
2025-2026 yillarga mo‘ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi;
2025-2026 yillarga mo‘ljallangan standartlashtirish sohasidagi hamkorlik dasturi almashildi.
Mirziyoyev va Fitso muzokaralari: yetakchilar nimalarni muhokama qilishdi