Donald Tramp Vensga Ilon Maskni tanqid qilishni taqiqladi

Tramp Vensga ijtimoiy tarmoqlarda Mask haqida ehtiyotkorlik bilan gapirishni aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Amerika yetakchisi Donald Tramp AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vensga tadbirkor Ilon Maskni tanqid qilmaslikni maslahat berdi. Bu haqda RIA Novosti xorij OAVga tayanib, xabar berdi.
"Tramp Vensning keskin javobi vaziyatni keskinlashtirishini istamadi - bu strategiya ko‘priklarni qayta qurish imkoniyatini qoldirdi" — deyiladi xabarda.
Nashr manbasining ta’kidlashicha, Tramp Vensga ijtimoiy tarmoqlarda Mask haqida ehtiyotkorlik bilan gapirish uchun "o‘zini omma oldida tutishida diplomatik bo‘lish"ni aytgan.
Ilon Mask 2024-yilgi saylovlarda Tramp va Vensni qo‘llab-quvvatlagan, so‘ngra davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi idoraga rahbarlik qilgan. Ammo u boshlagan budjet xarajatlarini qisqartirish dasturi, AQSh ma’muriyatining e’tirof etishicha, hozircha kutilgan natijalarni bergani yo‘q.
Tramp-Mask mojarosi: Respublikachilar kimning tarafini olmoqda?