Bolgariya prezidenti O‘zbekistonga keladi — tashrif dasturi

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar o‘tkazadi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Bolgariya prezidenti Rumen Radev 9-11 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Tashrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat yetakchilarining muzokaralari, rasmiy va ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkazilishi, qator ikki tomonlama bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Bolgariya prezidentlari quyidagi masalalarni ko‘rib chiqishadi:
o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish;
tovar ayirboshlash hajmini oshirish, agrosanoat majmui, farmatsevtika tarmog‘i, konchilik, raqamlashtirish sohalarida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish;
turizm va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish.
Bolgariya prezidenti Rumen Radev IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso 8-10 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.