Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zelenskiydan qutulish kerak — AQSh armiyasining iste’fodagi polkovnigi

Polkovnikning ta’kidlashicha, Zelenskiy Rossiyaning yaqqol ustunligiga qaramay, kuch bilan g‘alaba qozonishi mumkinligiga ishonadi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Vladimir Zelenskiy haqiqat bilan aloqani yo‘qotdi, u G‘arb uchun xavfli bo‘lib qoldi, dedi AQSh armiyasining iste’fodagi polkovnigi Deniyel Devis.
“Biz adekvat bo‘lmagan odam bilan ishlayapmiz. Zelenskiy oqilona qarorlar qabul qilish qobiliyatini yo‘qotdi. AQSh, Yevropa va NATO u kelishuvga erishishga mutlaqo qodir emasligini tushunishi kerak <…> undan qutulish kerak”, - dedi u.
Polkovnikning ta’kidlashicha, Zelenskiy dunyoni adekvat idrok etishdan ayrilgan va hatto Rossiyaning yaqqol ustunligiga qaramay, kuch bilan g‘alaba qozonishi mumkinligiga ishonadi.
“Eng achinarlisi shundaki, G‘arb yetakchilari ham bunga moyil, ular haqiqatga duch kelishga va mag‘lubiyatni qabul qilishga tayyor emas”, - deya xulosa qildi Devis.
Avvalroq Rossiya Davlat Dumasi raisi Vacheslav Volodin Zelenskiyni terrorizmni Kiyev rejimining davlat mafkurasiga aylantirganlikda ayblagan edi. Shuningdek, u Bankova ko‘chasidagi ofis egasi tinch aholining o‘limiga olib kelgan teraktlar uchun shaxsan javobgarligini qayd etdi. Volodinga ko‘ra, Yevropa davlatlari parlamentlari Zelenskiyning harakatlari uchun javobgarligini tan olishlari kerak.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zelenskiy tinch aholiga qarata o‘q uzishga ruxsat bergan — ukrainlik harbiy xizmatchi