Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning teraktlariga javoban yirik zarbalar berdi

Qurol va harbiy texnika ishlab chiqarish va ta’mirlash korxonalari, hujumchi dronlarni yig‘ish sexlari, parvoz xodimlarini tayyorlash markazlari, Ukraina Qurolli kuchlarining qurol va harbiy texnika omborlariga zarbalar berildi.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Rossiya harbiylari Ukraina Qurolli kuchlarining teraktlariga javoban tunda yirik zarbalar berdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“Bugun tunda Kiyev rejimi tomonidan amalga oshirilgan teraktlarga javoban Rossiya Qurolli kuchlari havo, dengiz va quruqlikdan uzoq masofali aniqlikdagi qurollar, shuningdek, hujumchi dronlar bilan yirik zarbalar berdi”, — deyiladi xabarda.
Qurol va harbiy texnika ishlab chiqarish va ta’mirlash korxonalari, hujumchi dronlarni yig‘ish sexlari, parvoz xodimlarini tayyorlash markazlari, Ukraina Qurolli kuchlarining qurol va harbiy texnika omborlariga zarbalar berildi.
Ta’kidlanishicha, Qurolli kuchlar o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani to‘liq bajardi.
Shuningdek, hafta davomida armiya oltita guruhli zarbalarni amalga oshirdi: harbiy korxonalarga, harbiy aerodromlar infratuzilmasiga, hujumchi dronlarni ishlab chiqarish, saqlash va ishga tushirish sexlariga, dushman arsenallariga, Ukraina Qurolli kuchlari va yollanma askarlarning joylashuv punktlariga.
Dushmanning fuqarolik obyektlariga hujumlariga javoban, Rossiya qo‘shinlari muntazam ravishda Ukraina harbiy-sanoat kompleksi obyektlari va Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibi va texnikasi joylashgan manzillarga maqsadli zarbalar beradi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov armiya turar-joy binolari va ijtimoiy muassasalarga zarba bermasligini ta’kidlagan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Bransk va Kursk viloyatlaridagi voqealar terrorchilik hujumidir — Putin