Putin Rossiya musulmonlarini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Ushbu bayram odamlarni birlashtirishga xizmat qiladi, deyiladi tabrikda.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyalik musulmonlarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml saytida e’lon qilindi.
“Ushbu bayram odamlarni birlashtirishga xizmat qiladi. Musulmonlar ota-bobolari an’analariga amal qilgan holda Qurbon hayitini ezgu, muruvvatli amallar, ko‘mak va mehr-muruvvatga muhtojlarga chin dildan g‘amxo‘rlik qilish bilan nishonlaydi”, — deyiladi tabrikda.
Putinga ko‘ra, musulmon tashkilotlari Rossiya hayotida faol va bunyodkorlik ishlari bilan ishtirok etayotgani, yosh avlod tarbiyasi, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga katta e’tibor qaratayotgani, madaniyat, ma’rifat, xayriya kabi sohalarda keng ko‘lamli tashabbuslarni amalga oshirayotgani quvonarli.
“Vatan himoyachilari, ularning oila a’zolari va yaqinlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatingiz ham alohida, chuqur e’tirofga loyiq”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.
Shavkat Mirziyoyev va Mas’ud Pezeshkiyon Qurbon hayiti bilan bir-birlarini tabriklashdi