Futbol: O‘zbekiston tarixda ilk bor jahon chempionatiga chiqdi

Futbolchilar BAAga qarshi o‘yinda 0:0 natija qayd etdi va uzoq kutilgan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionatiga chiqdi.
Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoa tarixiy natija ko‘rsatdi. Futbolchilar BAAga qarshi o‘yinda 0:0 natija qayd etdi va uzoq kutilgan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
1 / 8
Uzbekistan vishel na chempionat mira po futbolu.
2 / 8
Uzbekistan vishel na chempionat mira po futbolu.
3 / 8
Uzbekistan vishel na chempionat mira po futbolu.
4 / 8
Uzbekistan vishel na chempionat mira po futbolu.
5 / 8
Uzbekistan vishel na chempionat mira po futbolu.
6 / 8
Uzbekistan vishel na chempionat mira po futbolu.
7 / 8
Uzbekistan vishel na chempionat mira po futbolu.
8 / 8
Uzbekistan vishel na chempionat mira po futbolu.
Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi.
“Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash o‘yinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini ko‘rsatib, tom ma’noda ulkan g‘alabaga erishganingiz – Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman”, - deyiladi tabrikda.
Prezidentga ko‘ra, bu tarixiy yutuq ming-minglab yoshlar uchun ilhom manbaiga, ibrat timsoliga aylanadi, Yangi O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tiborini yanada oshirishga xizmat qiladi.
“Sizlar futbol maydonlaridagi mana shunday shonli yutuqdan yangi kuch va ruh olib, kelgusi yili AQSh, Meksika va Kanada davlatlarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining birinchi va yagona vakili bo‘lishdek yuksak sharafni chuqur his etgan holda, yanada katta jonbozlik ko‘rsatasizlar, deb ishonaman. Sizlar muqaddas Qurbon hayiti kunlarida xalqimizga bayram sovg‘asi sifatida olib kelayotgan ushbu unutilmas tarixiy g‘alaba barchamizga muborak bo‘lsin”, - deydi prezident.
Shuningdek, Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga qo‘ng‘iroq qilib, ularni tarixiy yutuq - ilk bor jahon chempionatiga chiqqani bilan samimiy tabrikladi.

FIFA prezidenti Janni Infantino ham O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bilan qutladi.

Futbol: O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi