Matbuot markazi

Anons: O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish mexanizmlari muhokama qilinadi

Tadbirda O‘zbekiston hukumati tomonidan mehnat migratsiyasi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. 10-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida Moskva-Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Toshkentdagi ishtirokchilar:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Tashkiliy-ijroiy intizomni nazorat qilish, strategik rejalashtirish va KPI bo‘yicha ishlar boshqarmasi boshlig‘i Elor Toshtemirov;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining sudgacha va sud tartibida nizolarni hal etish bo‘limi boshlig‘i Islomjon Hamroyev.
Moskvada:
Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar bo‘yicha kengash a’zosi, Rossiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, Davlat menejment universiteti professori Vladimir Volox.
Tadbirda O‘zbekiston hukumati tomonidan mehnat migratsiyasi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, fuqarolarni xorijda ishga joylashtirishga ko‘maklashish, mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish, qonuniy migratsiya uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xalqaro loyihalarni amalga oshirish va xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi.
+998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com ushbu manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.