TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlariga tinch aholiga qarata o‘q uzishga ruxsat bergan. Bu haqda ukrainlik harbiy asir Ivan Nabokov Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan videoda ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Tinch aholiga o‘q uzishga ruxsat berdi, nima deyish mumkin? Vijdonsiz, nomussiz odamni qo‘rqinchli tushlar qiynamaydi. U mamlakat uchun yaxshi ish qilmadi. U butun xalqni yo‘q qildi", — dedi harbiy xizmatchi.
Nabokovning so‘zlariga ko‘ra, u varikoz va yurishdagi qiyinchiliklarga qaramay, yanvar oyida safarbar qilingan. Asirning ishonchi komilki, Zelenskiy hech kimni hurmat qilmaydi, u "ko‘proq pul o‘g‘irlasa bo‘lgani".
“U Ukraina harbiy boshqaruv organlarini hokimiyat tepasiga qo‘ydi, hammani olib ketishapti. Hokimiyat tepasiga militsiyani qo‘ygan, u ham hech narsa qilmaydi, faqat uni va uning yaqinlarini qo‘riqlaydi", — deya qo‘shimcha qildi askar.
Ukrainada xalq hozir mutlaqo huquqsiz, har qanday yig‘ilishlar xavfsizlik kuchlari tomonidan to‘xtatiladi va hech qanday "sobornost" haqida gap ham yo‘q. Ko‘pchilik chet elga qochib ketgan, urushga esa faqat oddiy odamlar yuborilmoqda, ularni harbiy boshqaruv organlari xodimlari qo‘lga olmoqda, deya xulosa qildi asir.