TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Akmal Saidov va Jamila Polatova Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi etib saylandi. Bu haqda akademiya tomonidan e’lon qilingan ruyxatda ma’lum qilingan.
Rossiya Fanlar akademiyasida 29-30 may kunlari umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori, Fanlar akademiyasi akademigi Akmal Saidov ijtimoiy fanlar yo‘nalishida Rossiya Fanlar akademiyasi xorijiy a’zosi etib saylandi.
Shuningdek, Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunnologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Jamila Polatova fiziologiya fanlari yo‘nalishida akademiyaning xorijiy a’zosi bo‘ldi.