TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlari Sumi viloyatidagi Andreyevkani ozod qildi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi.
Qayd etilishicha, "Shimol" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Sumi viloyatidagi Andreyevka aholi punktini nazorat ostiga oldi, Ukraina Qurolli Kuchlari bir sutkada 230 dan ortiq harbiyni yo‘qotdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, guruh Sumi viloyatining Novaya Sech, Yunakovka, Korchakovka, Iskriskovshina va Sadki aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining ikkita mexanizatsiyalashgan, piyoda, desant-hujum brigadalari va terma mudofaa brigadalarining ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan joylarga zarba bergan.
"Ukraina Qurolli Kuchlarining yo‘qotishlari 230 dan ortiq askar, sakkizta zirhli jangovar mashina, oltita avtomobil va to‘rtta dala artilleriyasi qurolini tashkil etdi. Ikkita o‘q-dori ombori yo‘q qilindi", — deyiladi vazirlik xabarida.