Temur Davats — 1968-yilda toshkentlik taniqli grafiklar Engel Ishoqov va Larisa Davats oilasida tug‘ilgan. Toshkentdagi P.P. Benkov nomidagi Respublika rassomchilik bilim yurtida ilk badiiy tahsilni olgan. Keyinchalik Buyuk Britaniyaga ko‘chib, Londondagi Qirollik san’at akademiyasida tahsilini davom ettirgan.
Rassomning ko‘rgazmasi yunon mifologiyasida farovonlik va tinchlik ramzi bo‘lgan Arkadiya timsoliga bag‘ishlangan. Bu obraz Temur asarlarida zamonaviy tomoshabin xayolida jonlanib, qadimiy ramzlar va afsonalar bilan uyg‘unlashgan.
Bugungi kunda rassomning asarlari Buyuk Britaniya qiroli Charlz III, Saudiya qirollik oilasiga mansub shahzoda Faysal hamda Bahrayn qiroli Hamad ibn Iso Al Xalifa shaxsiy kolleksiyalarida saqlanmoqda. Shuningdek, uning ishlari dunyo bo‘ylab “Four Seasons” mehmonxonalarida ham namoyish etilmoqda.
“Arkadiya orzulari” ko‘rgazmasi tomoshabinlarni Temurning orzular olamiga yetaklab, ularga go‘zallik va ruhiy uyg‘unlik tuhfa etadi.