TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Toshkentda1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi poytaxt hokimligi.
Ko‘rgazma an’anaga muvofiq O‘zbekiston taviriy san’at Galereyasida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ko‘rgazma ekspozitsiyasida Galereyaning “Ulkan Muvaffaqiyatlar Boshi” bolalar studiyasi bilan birgalikda "Art Hameleon", "Barkamol avlod" (Toshkent), "Avokado", "Mehrli maktab", "Sharifart", Art-buro "Kolibri", "Masterskaya", “MorozART” studiyalari hamda 10,18,19,26-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi, Respublika san’at maktab-internatining bolalarining ijodiy rasmlari namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmada o‘quvchilarning 2024-2025 o‘quv yilida yaratgan quyidagi mavzulardagi asarlarni ko‘rish mumkin: mening oilam, dunyo xalqlari ertaklari, yurtim tabiati, erkin mavzu.