TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuviga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak, ularning darajasida muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan natijalar kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov "Moskva. Kreml. Putin" ko‘rsatuvida Vladimir Putin va Donalld Tramp uchrashuviga tayyorgarlik haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin va Tramp uchrashuviga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak, ularning darajasida muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan natijalar kerak.
“Sammit 2025-yilda bo‘lib o‘tishi fakt emas. Uchrashuv bo‘yicha hozircha aniq kelishuvlar yo‘q”, — dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki yetakchining telefon orqali suhbatlari foydali, ular allaqachon ma’lum natijalar bermoqda.
Rossiya yetakchisi AQSh prezidentiga 19-may kuni "Sirius" ta’lim markazi hududidagi musiqa maktabi binosidan qo‘ng‘iroq qilgan. Shu kuni davlat rahbari amaliy tashrif bilan Sochida bo‘ldi.
Muzokaralar ikki soatdan ko‘proq davom etdi. Rossiya yetakchisining suhbat yakunida ma’lum qilishicha, Moskva Kiyev bilan o‘t ochishni to‘xtatishni o‘z ichiga olgan memorandum ustida ishlashga tayyor. Bu Tramp lavozimga kirishganidan beri davlat rahbarlarining uchinchi suhbati bo‘ldi. Ular birinchi marta 12-fevral kuni, ikkinchisida esa 18-mart kuni suhbatlashgan.
Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Putin va Tramp uchrashuvi yaxshi tayyorgarlikni talab qiladi, uni o‘tkazish muddatini esa yetakchilarning o‘zlari belgilaydi.