Pelageya — mashhur rossiyalik qo‘shiqchi, xuddi shu nomdagi guruh asoschisi va solisti, "Golos" shousining ustozi.
O‘zbekistondagi Rossiya madaniyati kunlari doirasida u boshqa san’atkorlar bilan birga Toshkent va Samarqandda bo‘ldi. "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyidagi konsert oldidan u o‘zbek tomoshabinlari bilan uchrashuvni nega bunchalik uzoq kutgani haqida gapirib berdi.
"Golos" shousida o‘zbekistonliklar tez-tez ishtirok etishadi va Pelageya ulardan doimo xursand bo‘ladi, ularning vokal qobiliyatlarini yuqori baholaydi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.