O‘zbekiston va YeOII

YeIK Xalqaro soliq va investitsiya markazi bilan hamkorlikni chuqurlashtirmoqchi

Tomonlar amaldagi anglashuv memorandumi doirasida hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanliklarini bildirdilar.
Sputnik
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Ostona xalqaro forumi doirasida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri Baxit Sultanov va Xalqaro soliq va investitsiya markazi (ITIC) prezidenti Daniyel Alan Vitt o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Bu COVID-19 pandemiyasi tugaganidan keyin tashkilotlar o‘rtasidagi birinchi biznes aloqasi bo‘ldi.
Tomonlar amaldagi anglashuv memorandumi doirasida hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanliklarini bildirdilar, xususan, soliq siyosati va ma’muriyatchiligi bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish nazarda tutilgan.
Soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish hamda uning tartib-qoidalarini raqamli va globallashgan iqtisodiyot sharoitlariga moslashtirish bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar, shuningdek, aksiz solig‘ini uyg‘unlashtirish bo‘yicha integratsiya birlashmalarining ilg‘or tajribalari bilan almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.
“Ishonchim komilki, bizning uchrashuvimiz muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha YeIK va ITIC o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga yordam beradi, YeOII doirasida investitsiya muhiti va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga, shuningdek, Yevroosiyo integratsiyasi manfaati yo‘lida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi”, - deya xulosa qildi Baxit Sultanov.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII mamlakatlarining iqtisodiy o‘sish sur’atlari ma’lum bo‘ldi