TOShKENT, 31-may — Sputnik. Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlari qahramonlari Murodjon Ahmadaliyev va Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksda navbatdagi janglarini o‘tkazishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ahmadaliyev Meksikada o‘tgan jangda mezbon Luis Kastiloni 8-raundda mag‘lubiyatga uchratdi. Endi u sentabr oyida bir nechta yo‘nalishdagi chempionlik kamarlari uchun yaponiyalik Naoya Inouega qarshi jang olib boradi.
Las-Vegas (AQSh)da tashkil etilgan oqshomda esa Bektemir Meliqo‘ziyev mezbon Darus Fulghemdan 12 raundli jangda ustun keldi. Ushbu g‘alaba bilan Bektemir WBA yo‘nalishi bo‘yicha chempionlik kamari uchun da’vogarga aylandi.