Toshkentda rassom Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" ko‘rgazmasi ochildi

Ko‘rgazma muallifning 70 yosh munosabati bilan uyushtirilgan bo‘lib, unda ustaning 60 tadan ortiq asari namoyish etilmoqda.
Sputnik
29 may kuni Toshkent Fotosuratlar uyida rassom va sahna bezakchisi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.
Ahmadjon Orinov 1955-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1974-1980 yillarda Toshkent teatr va rassomlik institutida tahsil olgan. Turli teatrlarda sahna bezakchisi va rassom sifatida faoliyat yuritgan. Hozirda u Kamoliddin Behzod nomidagi MRDIning Teatr rangtasviri kafedrasida dotsent sifatida ishlab kelmoqda.
1 / 18

Toshkent Fotosuratlar uyi

2 / 18

Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" ko‘rgazmasi

3 / 18

"Yetti makon" nomli ko‘rgazma so‘fiylik an’analaridagi ma’naviy yuksalish yo‘lini anglatib, tomoshabinni idrokning boshqa holatiga olib kiradi.

4 / 18

Ahmadjon Orinov ijodi — bu nafaqat rangtasvir, balki ichki ruhiy tafakkurning yorqin ifodasi ham

5 / 18

Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" ko‘rgazmasi

6 / 18

Uning asarlarida harakat, xotira va aniq tasviriy kuvvat uyg‘unlashib, afsona, tarixiy qahramonlar va me’moriy obidalar obrazlari orqali o‘tmish va bugunni bog‘laydi.

7 / 18

Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" ko‘rgazmasi

8 / 18

Rassomning asarlarida mukammal bezakdorlik, chuqur ma’no va ichki tartib uyg‘unligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

9 / 18

Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" ko‘rgazmasi

10 / 18

Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" ko‘rgazmasi

11 / 18

Rassom asarlarida rang yetakchi rol o‘ynab, uning asarlarida Sharq miniaturalarining aks-sadolari, ekspressionizm va Markaziy Osiyo madaniy kodlari his etiladi.

12 / 18

Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" ko‘rgazmasi

13 / 18

Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" ko‘rgazmasi

14 / 18

Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" ko‘rgazmasi

15 / 18

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi va Toshkent Fotosuratlar uyi hamkorligida tashkil etilgan.

16 / 18

Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" ko‘rgazmasi

17 / 18

Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" ko‘rgazmasi

18 / 18

Ahmadjon Orinovning "Yetti makon" ko‘rgazmasi afishasi