Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya faqat Ukrainadagi harbiy obyektlarga zarba bermoqda va bu o‘zgarmas fakt — Peskov

Yuriy Ushakov: Tramp Rossiya faqat Ukrainadagi harbiy obyektlarga hujum qilayotganini tushunmayapti.
Sputnik
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Ukraina Rossiya fuqarolarining turar joylariga zarba bermoqda, Rossiya esa maxsus operatsiyani davom ettirib, faqat harbiy obyektlarga zarba bermoqda va bu o‘zgarmas fakt. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Maxsus harbiy operatsiya davom etmoqda. Bu yerda bir haqiqatni eslash muhim - ukrainaliklar baribir bizning turar joylarimizga, ijtimoiy obyektlarga zarba bermoqda, biz o‘q-dorilarga, qotillik qurollari to‘planadigan joylarga zarba berapmiz va hokazo," — dedi Peskov jurnalistlarga.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya faqat Ukraina harbiy infratuzilma obyektlariga zarba berayotganini to‘liq tushunmayapti, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.
Tramp avvalroq Rossiyaning Ukrainadagi so‘nggi harakatlarini ma’qullamasligini aytgandi.
"Tramp faqat biz qanday javob choralari ko‘rayotganimizdan xabardor. Bundan tashqari, u biz faqat harbiy infratuzilma obyektlariga yoki harbiy-sanoat kompleksi obyektlariga zarba berayotganimizni to‘liq tushunmayapti," — dedi Ushakov "Rossiya 1" muxbiri Pavel Zarubinga.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainaga javob zarbalarimiz mutlaqo tabiiy — Lavrov