TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi triatlon va paratriatlon bo‘yicha jahon kubogi doirasida Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Uchrashuvda tashkilot bilan mazkur sport turini ommalashtirish va O‘zbekistonda milliy triatlon maktabini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal glavu Vsemirnogo soyuza triatlona Antonio Fernandesa Arimani, naxodashegosya v nashey strane v ramkax provedeniya Kubka mira po triatlonu i paratriatlonu v gorode Samarkande.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Mamlakatimizda triatlon jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Milliy federatsiya faoliyat ko‘rsatmoqda, muntazam ravishda xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda, o‘zbekistonlik sportchilar qit’a va jahon reytinglarida o‘z o‘rinlarini mustahkamlab bormoqda”, — deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev prinyal glavu Vsemirnogo soyuza triatlona Antonio Fernandesa Arimani, naxodashegosya v nashey strane v ramkax provedeniya Kubka mira po triatlonu i paratriatlonu v gorode Samarkande.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sportchilar, murabbiylar, hakamlar va sport menejerlarini tayyorlash, zamonaviy infratuzilmani yaratish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va ekspert ko‘magi dasturlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 24-25 may kunlari triatlon bo‘yicha jahon kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Ularda 30 tadan ortiq mamlakatdan sportchilar ishtirok etdi. Rossiyalik Diana Isakova jahon kubogida g‘olib bo‘ldi. U "Elita" toifasida barcha raqiblarini ortda qoldirib, 1 soat 59 daqiqalik natija bilan birinchi bo‘ldi.