Matbuot markazi

Anons: Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etiladi

Anjumanga Belarusning O‘zbekistondagi elchisi Aleksandr Ogorodnikov taklif etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 29-may soat 14:00 da Belarusning O‘zbekistondagi elchisi Aleksandr Ogorodnikov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Aleksandr Ogorodnikov Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik borasida so‘z yuritadi. Xususan, Belarus O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalar, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, turizm va texnologiyalar sohalarida qanday hamkorlik qilayotgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, sanoat ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi munosabat va kelajakda rivojlanishi kutilayotgan yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi.
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi. +998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com ushbu manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.