TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi va Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) o‘rtasida hamkorlik rejasi imzolandi, deya xabar berdi vazir Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik bilan uchrashdi.
Ministr inostrannix del Uzbekistana vstretilsya s generalnim direktorom ICESCO
© MID Uzbekistana
"O‘zbekiston Hukumati va ICESCO o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish va yaqin kelajakda samarali loyihalarni birgalikda amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan Harakatlar rejasini imzoladik", — dedi vazir.
Uchrashuvda kengayib borayotgan hamkorlik haqida atroflicha fikr almashild.
"ICESCOning istiqbolli tashabbuslarini, jumladan, 2025-yilda Samarqand shahrini Islom dunyosining madaniyat poytaxti sifatida nishonlanishini olqishlaymiz", — deb yozadi Saidov.
Ma’lumot uchun, ICESCO - a’zo davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun musulmon mamlakatlarida ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya masalalari bilan shug‘ullanadigan ixtisoslashgan tashkilot. Unga 53 ta davlat a’zo.