TOShKENT, 25-may — Sputnik. Samarqand viloyatida yanvar-aprel oylarida 6 422 ta nikoh qayd etildi, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida, respublika bo‘yicha 59 598 ta nikoh holati FHDYo organlarida qayd etilgan.
Demak, eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. Eng kam nikoh holatlari Navoiy viloyatida (1 361 ta) kuzatilgan.
Qayd etilgan nikohlarning hududlar kesimi bo‘yicha taqsimlanishi
Hududlar | Qayd etilgan nikohlar soni |
Qoraqalpog‘iston | 4 011 ta |
Andijon viloyati | 4 422 ta |
Buxoro viloyati | 3 809 ta |
Jizzax viloyati | 1 974 ta |
Qashqadaryo viloyati | 6 352 ta |
Navoiy viloyati | 1 361 ta |
Namangan viloyati | 3 710 ta |
Samarqand viloyati | 6 422 ta |
Surxondaryo viloyati | 5 332 ta |
Sirdaryo viloyati | 1 391 ta |
Toshkent viloyati | 4 355 ta |
Farg‘ona viloyati | 5 648 ta |
Xorazm viloyati | 5 514 ta |
Toshkent shahri | 5 297 ta |