TOShKENT, 25-may — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Istanbuldagi muzokaralarda Ukraina delegatsiyasi ukrain va ingliz tillarida gapirgani haqidagi gapni yolg‘on deb aytdi.
Ukraina TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Kislitsa "Ukraina delegatsiyasi Turkiyadagi muzokaralarda ukrain va ingliz tillarida gaplashib, ruslar bilan tarjimon orqali muloqot qilgani"ni aytdi.
“Har doimgidek yolg‘on. Kirish matni ingliz tilida o‘qib eshittirildi. Keyin rus tiliga o‘tildi" — deb yozdi Zaxarova Telegram-kanalida.
Istanbulda 16-may kuni bo‘lib o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralari qariyb ikki soat davom etdi. Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy Ukraina bilan keng ko‘lamli 1000 ga 1000 asir almashinuvini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Kiyev kelajakda ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etishga kelishib olgan.
Ukraina tomoni muzokaralar chog‘ida davlat rahbarlarining uchrashuvini so‘radi, Rossiya Federatsiyasi buni inobatga oldi. Medinskiy, shuningdek, Rossiya Ukraina bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini aytdi.