Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari yana uchta aholi punktini ozod qildi

Otradnoe, Stupochki va Loknya aholi punktlari ozod qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Rossiya harbiylari maxsus operatsiya zonasidagi uchta aholi punktini ozod qildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“Qat’iy harakatlar natijasida “Sharq” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasidagi Otradnoe aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
“Janubiy” qo‘shinlar guruhi jangchilari DXRdagi Stupochki aholi punktini ozod qilishdi.
Rossiya harbiylari Sumi viloyatida ham oldinga siljishdi.
“Muvaffaqiyatli harakatlar natijasida “Shimol” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Sumi viloyatidagi Loknya aholi punktini ozod qildi”, — deyilgan vazirlik xabarida.
Bundan tashqari, bugun tunda qurolli kuchlar Ukraina harbiy-sanoat kompleksining raketa qurollari va hujumchi uchuvchisiz uchish qurilmalarini ishlab chiqaradigan korxonasiga, radiotexnik razvedka markaziga va AQShda ishlab chiqarilgan “Patriot” zenit raketa majmuasi pozitsiyasiga yuqori aniqlikdagi quruqlikdagi qurollar va uchuvchisiz samolyotlar bilan guruhli zarba berdi.
Mudofaa vazirligi zarbaning maqsadlariga erishilganini va barcha belgilangan nishonlarga zarba berilganini ta’kidladi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari DXRdagi Aleksandropolni ozod qildi