O‘zbekistonlik o‘smir dzudochilar Osiyo kubogida birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 10 ta oltin, 10 ta kumush va 18 ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekistonlik o‘smir dzudochilar Osiyo kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kunlarda Toshkent dzudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda. 8 mamlakatdan sportchilar tashrif buyurgan musobaqada o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlar nihoyasiga yetdi.
Yunie dzudoisti Uzbekistana zanyali pervoe mesto v obshekomandnom zachote na Kubke Azii
Bahslar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 10 ta oltin, 10 ta kumush va 18 ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi.
Yunie dzudoisti Uzbekistana zanyali pervoe mesto v obshekomandnom zachote na Kubke Azii
Yunie dzudoisti Uzbekistana zanyali pervoe mesto v obshekomandnom zachote na Kubke Azii
“Alpomish” muz saroyida kechayotgan musobaqada bugundan yoshlar toifasidagi bellashuvlarga start beriladi.
O‘zbekistonlik dzudochi Ostona “Katta dubulg‘a” turnirida medal qo‘lga kiritdi