TOShKENT, 24-may — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi yangi hosilga qadar Qozog‘iston va Rossiyaga kartoshka importi uchun tarif imtiyozlarini taqdim etdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
YeIK kengashi 30-iyunga qadar Qozog‘istonga 150 ming tonnadan ko‘p bo‘lmagan hajmda olib kiriladigan va chakana savdo uchun mo‘ljallangan kartoshka uchun import bojxona to‘lovlaridan ozod qilish ko‘rinishidagi tarif imtiyozini taqdim etdi.
Bundan tashqari, Rossiyada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish yoki chakana savdoda sotish uchun mo‘ljallangan kartoshka uchun tarif imtiyozlari 31-iyulgacha bo‘lgan muddat bilan 150 ming tonnaga oshirildi.
“Qabul qilingan bojxona tariflarni tartibga solish chorasi Qozog‘iston va Rossiyada kartoshka narxini barqarorlashtirishga qaratilgan”, — dedi YeIK savdo vaziri Andrey Slepnev.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.