TOShKENT, 23-may — Sputnik. Rossiya harbiylari 20-23 may kunlari Ukrainaning yirik ommaviy havo hujumini qaytardi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“Dushman 20-may soat 20.00 dan 23-may soat 8.00 gacha 1177 ta samolyot turidagi uchuvchisiz apparatlar yordamida ommaviy havo hujumi uyushtirdi. Ushbu dronlardan 788 tasi maxsus harbiy operatsiya hududida, qolganlari tinch aholi yashaydigan hududlarda urib tushirildi", - deyiladi bayonotda.
Hafta davomida havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari 1548 ta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlarini, shuningdek, 30 ta JDAM boshqariladigan havo bombalarini va AQShda ishlab chiqarilgan 12 ta HIMARS raketalarini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukrainaning jami 662 ta samolyoti, 283 ta vertoloti, 58 984 ta uchuvchisiz apparatlari, 607 ta zenit-raketa tizimlari, 23 487 ta tanklari va boshqa zirhli jangovar mashinalari, 1563 MLRS jangovar transport vositalari, 25 195 ta dala artilleriya va minomotlari, 35 831 dona maxsus harbiy texnikasi yo‘q qilindi.
Oxirgi kunlarda Ukraina Rossiya hududiga, jumladan, Moskvaga dronlar hujumini kuchaytirdi. Mudofaa vazirligi ta’kidlaganidek, aynan shu tunda havo hujumidan mudofaa vositalari 112 ta uchuvchisiz apparatlarni yo‘q qildi.