Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Biz xorijlik yollanmalarni asir olmaymiz — Alaudinov

Chechenistonning "Axmat" maxsus kuchlari qo‘mondoni xorijlik yollanmalarga nisbatan qanday munosabatda ekanini aytib berdi.
Sputnik
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Biz xorijliklarni qardosh deb hisoblamaymiz va hech qachon asirga olmaymiz, bizga bunday vazifa qo‘yilmagan, dedi Apti Alaudinov RIA Novostiga.
"Ukrainaliklar - aksariyat hollarda jang maydoniga majburan olib kelinadi. Shuning uchun biz ularga asirga tushib tirik qolishga imkon beramiz. Men buni o‘z jangchilarimga har doim tayinlayman.
Lekin, aslida nima bo‘layotini tushunmay, fashistlar va shayton tarafida turib "ruslarni o‘ldirish maqsadida" bu yerga kelgan xorijliklar — yo‘q qilinishi kerak. Ayniqsa Rossiya hududiga bostirib kirganlari", - dedi u.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina qo‘shinlari butun jangovar to‘qnashuv chizig‘ini ushlab turishga qodir emas — Alaudinov