TOShKENT, 22-may — Sputnik. Toshkentdan Sankt-Peterburgga parvozlar soni oshiriladi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airways".
“Uzbekistan Airways" Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini oshirmoqda. 15-iyundan boshlab har yakshanba kuni qo‘shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Aviaqatnov jadvali:
Toshkentdan jo‘nab ketish soat 18:40 da, Sankt-Peterburgga yetib borish soat 21:50 da;
Sankt-Peterburgdan jo‘nab ketish soat 23:20 da, Toshkentga yetib kelish soat 06:10 da (ertasi kun).
Parvoz jadvali mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan.