Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi memorandum bo‘yicha ishlar jadal davom etmoqda — Peskov

Dmitriy Peskov: hamma shiddat bilan ishlayapti.
Sputnik
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Ukraina bilan memorandum ustida ish jadal davom etmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Hech kim jarayonni cho‘zishdan manfaatdor emas. Hamma shiddat bilan ishlayapti. Biz sizlarni xabardor qilamiz," — dedi Kreml vakili.

Uning qayd etishicha, memorandum bo‘yicha ishlarning katta qismi diskret rejimda olib boriladi, u ommaviy bo‘lmasligi kerak. Tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish shartlari ro‘yxatini alohida tayyorlashadi.
Shuningdek, 1000 nafar asirni 1000 nafarga almashtirishga tayyorgarlik ham ko‘rilmoqda.
Keyingi muzokaralar qayerda o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilinmagan. Moskva Vatikandan kelishuv doirasida hamkorlik qilish bo‘yicha aniq takliflar olmadi.
Rossiya mojaroning yakunlanishiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lgan barcha davlatlarning sa’y-harakatlarini olqishlaydi, dedi Peskov.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Ukrainadagi kelishuvda vositachilik qilgani uchun AQShdan minnatdor — Peskov