O‘zbekiston va YeOII

Rossiya va YeOII milliy valyutalardagi bitimlar ulushini rekord darajaga yetkazdi

Dmitriy Volvach: rekord ko‘rsatkich Rossiyaning YeOII va MDH mamlakatlari bilan savdo sur’ati o‘rtacha 7 foizga oshgani tufayli sodir bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Rossiya va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari o‘rtasidagi milliy valyutalardagi bitimlar ulushi rekord darajadagi 93 foizga yetdi. Bu haqda iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach "Rossiya - Islom dunyosi" forumi doirasida ma’lum qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu Rossiya Federatsiyasining YeOII va MDH mamlakatlari bilan savdo sur’ati o‘rtacha 7 foizga oshgani tufayli sodir bo‘ldi.
"Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini u yoki bu valyutaga o‘tishga sun’iy ravishda majburlash mumkin emas, ya’ni milliy valyutalar talabga ega, bizning savdo aylanmamizga yaxshi xizmat qiladi”, — dedi Dmitriy Volvach.
Yana bir muhim yutuq Rossiya rubli bilan hamkor davlatlarning milliy valyuta juftliklariga bo‘lgan talabning oshishi bo‘ldi. Bu keyingi o‘sish uchun yaxshi zamin.
Uning qayd etishicha, barcha mamlakatlar yaxshi sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Bu esa yagona iqtisodiy makonni mustahkamlashga yordam beradi va Yevroosiyo markazida to‘siqsiz tovarlar va xizmatlar bozori sifatida tashqi hamkorlarni jalb qiladi.
O‘zbekiston va YeOII
YeIK vaziri YeOII va BRIKS o‘rtasida tizimli muloqot o‘rnatishni taklif qildi