TOShKENT, 21-may — Sputnik. NATO Yaqin Sharqda o‘z ta’sirini kuchaytirishga harakat qilmoqda, ammo bu mintaqadagi ziddiyatlarning chuqurlashishiga olib keladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Aleksandr Venediktov RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"NATOliklar bu mintaqada ham o‘z ta’sirini kuchaytirishga harakat qilmoqda. Shunday qilib, o‘tgan yili ular Yaqin Sharq davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish rejasini tasdiqlashdi, shuningdek, Iordaniyada NATO aloqa ofisini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilindi," — dedi Venediktov.
Uning aytishicha, bunday qadam Yaqin Sharqdagi ko‘plab inqirozlarni hal qilishga yordam bermaydi, faqat ziddiyatlarning yanada chuqurlashishiga olib keladi.