TOShKENT, 20-may — Sputnik. Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev oliy darajadagi O‘zbekiston-Vengriya muzokaralarida ishtirok etadi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Budapesht shahriga keldi.
Samolyot oldida O‘zbekiston yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Nachalsya ofitsialniy vizit Prezidenta Uzbekistana v Vengriyu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
"Tashrif dasturiga muvofiq, 20-may kuni oliy darajadagi O‘zbekiston-Vengriya muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Davlatimiz rahbari Vengriyaning rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi", — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston prezidenti 21-may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.