Idrok va tasavvur: Toshkentda "San’atni anglash san’ati" ko‘rgazmasi ochildi

Ko‘rgazmaning markaziy g‘oyasi — "Uchinchi Renessans". Ya’ni, san’at, texnologiya va insonning uyg‘unligi orqali zamonaviy dunyo muammolariga yechim izlash.
Sputnik
Toshkentda Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan “San’atni anglash san’ati” ko‘rgazmasi beshinchi bor o‘tkazilmoqda. Bu galgi tadbir nafaqat mahalliy, balki xalqaro rassomlarni ham birlashtirdi.
Ko‘rgazmada Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan rassomlar ham o‘z asarlari bilan ishtirok etmoqda. Turli uslub, texnika va janrdagi asarlar, realizmdan tortib abstraksiyagacha, ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarni betakror badiiy safarga boshlaydi.
1 / 18

Ko‘rgazma afishasi

2 / 18

Eraj Olimov (Tojikiston) Falak, Mato, moybo‘yoq / 2025-yil.

3 / 18

Ko‘rgazma mehmoni

4 / 18

Mirjalol Xoliqov (O‘zbekiston) Ov, Mato, moybo‘yoq, akril / 2024-yil.

5 / 18

Almaz Sharshekeyev (Qirg‘iziston) Orqaga, Mato, moybo‘yoq / 2021-yil.

6 / 18

Nuriddin Isayev (O‘zbekiston) Ehtiros asiri, Mato, moybo‘yoq / 2025-yil.

7 / 18

Timur Raxmetov (O‘zbekiston) Nur tomon harakat, Mato, moybo‘yoq / 2025-yil.

8 / 18

Ahmad Isoyev (O‘zbekiston) Ostona, Mato, moybo‘yoq /
2025 yil.

9 / 18

G‘iyosiddin Boltayev (O‘zbekiston) Oqshom. Yomg‘irdan so‘ng, Mato, moybo‘yoq / 2025-yil.

10 / 18

Bobur Vahabjonov (O‘zbekiston) Abadiylik mahkamasi oldida, Mato, moybo‘yoq, akril /2025 yil.

11 / 18

Ko‘rgazma mehmonlari

12 / 18

Zilola Qodirova (O‘zbekiston) Sharq, Mato, moybo‘yoq / 2025-yil

13 / 18

Eraj Olimov (Tojikiston) Shahar uzra to‘lin oy, Mato, moybo‘yoq / 2025-yil.

14 / 18

G‘iyosiddin Boltayev (O‘zbekiston) Degradatsiya / 2025-yil

15 / 18

Ko‘rgazma interyeri

16 / 18

Mirjalol Xoliqov (O‘zbekiston) Tuyg‘ular / Mato, moybo‘yoq akril / 2024-yil.

17 / 18

Ahmad Isoyev (O‘zbekiston) Bahor shamolining aks-sadosi, Mato, moybo‘yoq / 2025-yil.

18 / 18

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan maktab o‘quvchilari.

Shunday qilib, ko‘rgazmada 16 nafar yosh va tajribali rassomlar qatnashmoqda. Ular orasida Jasvant Annazarov, Nuriddin Isayev, Erach Olimov, Lutfullo Qodirov, Zuhriddin Qiyomov va boshqalar bor. Har bir ijodkor o‘z asari orqali inson va jamiyat, idrok va tasavvur, san’at va zamon munosabatlarini tadqiq etadi.
Ko‘rgazmada "San’atni anglash san’ati" yozuvi tushirilgan maxsus bloknotlar orqali har bir tashrif buyuruvchi o‘z taassurotlarini bayon etishi mumkin. Bu yondashuv tomoshabinni passiv kuzatuvchi emas, balki faol ishtirokchiga aylantiradi. Mualliflar va auditoriya o‘rtasidagi muloqot ijodiy jarayonni yangi bosqichga ko‘taradi.
Ko‘rgazmaning markaziy g‘oyasi — "Uchinchi Renessans". Ya’ni, san’at, texnologiya va insonning uyg‘unligi orqali zamonaviy dunyo muammolariga yechim izlash. Ko‘rgazmada madaniy meros va barqaror rivojlanish, inson va tabiat munosabatlari alohida o‘rin olgan.
Ko‘rgazmadagi e’tiborga molik ishtirokchilardan biri — Lutfullo Qodirov. Qo‘llari bo‘lmaganiga qaramasdan, u oyoqlari bilan surat chizadi va o‘z asarlari orqali tomoshabinni hayratga soladi.
Tadbir doirasida performanslar va mahorat darslari tashkil etiladi. Shulardan biri — O‘zbekiston xalq rassomi Jasvant Annazarov tomonidan namoyon etiladigan ijodiy jarayon.
Loyihaning bosh g‘oyaviy rahbari Manushak Arushanova “san’at uchun san’at” shiori asosida badiiy konsepsiyani shakllantirdi. Uning ta’kidlashicha, faqat idrok orqaligina chinakam ijod vujudga keladi.