Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga jo‘nab ketdi

Kun tartibidan mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Sputnik
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati.
"Tashrif doirasida Budapesht shahrida oliy darajadagi muzokaralar, Vengriyaning rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan", — deyilgan xabarda.
Kun tartibidan mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ham ishtirok etadi.