TOShKENT, 19-may — Sputnik. Rossiya AQShning Ukraina yo‘nalishidagi vositachilik sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi va Vashingtondan minnatdor, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga.
Peskov jurnalistlarning Ukraina muammosini hal qilishda AQSh tomonidan vositachilik qilish zarurligi haqidagi savoliga javob berdi.
“Biroq, agar AQShning vositachilik xizmatlari, biz esa ularni yuqori baholaymiz, agar ular haqiqatan ham tinch yo‘l bilan maqsadlarimizga erishishimizga yordam bersa biz Amerika tomoniga minnatdorchilik bildiramiz, demak, tabiiyki, bu afzalroqdir”,— dedi Peskov.
U, shuningdek, maqsadlarga "siyosiy va diplomatik yo‘llar" bilan erishish afzalroq ekanini ta’kidladi.