TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Singapur, Qatar va Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Singapurda 16-18 may kunlari badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Bellashuvlar yakunida O‘zbekiston terma jamoasi 8 ta oltin, 7 ta kumush va 5 ta bronza jami 20 ta medalni qo‘lga kiritdi.
V Singapure proshol chempionat Azii po xudojestvennoy gimnastike sredi molodoji i vzroslix.
© NOK
Shuningdek, Qatarda stol tennisi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Marhabo Magdiyeva hamda Asel Erkebayeva ishtirok etishdi. Juftlik dasturida qatnashgan sportchilar ilk bosqichda hindistonlik raqiblariga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi va musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi.
V Tashkente proshol I Otkritiy chempionat Sentralnoy Azii po sinxronnomu plavaniyu "Suv Parisi" ("Rusalka").
© NOK
Toshkentda sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” I Markaziy Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. 6 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlar U12, U15 va kattalar o‘rtasidagi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etishdi.